Android dasturlash yaxshi kasbmi?

Dasturlashga ilk qadamlarini qo‘yayotgan yosh dasturchilarda qaysi yo‘nalishni tanlashim kerak va bu yo‘nalishning istiqboli qanday degan savol tug‘ulishi tabiiy. Keling bu savolga Android yo‘nalishi misolida javob qidirishga harakat qilib ko‘ramiz.
Androidni o’rganish vaqt ketqazishga arziydimi?
Albatta HA! Hammamizga maʼlumki dunyo aholisining deyarli barchasi mobil qurilmalardan foydalanadi. 2020 yil Avgust oyidagi maʼlumotlarga qaraganda butun dunyodagi smartfonlarning 75 foizi Android tizimida ishlaydi. Bu esa o‘z o‘zidan Android dasturchilarga bo‘lgan talabni yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Hattoki ish beruvchilar Android dasturchilarni boshqa mobil dasturchilarga qaraganda ko‘proq va tezroq ishga olishadi.
Yana bir statistikaga qaraydigan bo‘lsak Amerikadagi kompaniyalarning 80 foizi keyingi ikki yilda o‘z mobil ilovalarini tuzish niyatida ekanliklarini bildirishgan. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki Android dasturchilarga bo‘lgan talab yuqori va eng kamida keyingi ikki yilda Android dasturchilarga ish bo‘ladi.
Nega Android? Cross-platform emas?
Bu savolga javob berish qiyinroq bo‘ladi. Chunki ikkalasining ham ishlatiladigan joylari va o‘z vazifalari bor. To‘g‘ri so‘ngi yillarda Flutter, Xamarin va React native ga o‘xshagan cross-platform framework lar ko‘payib bormoqda va juda yaxshi natijalar ko‘rsatib ommalashib bormoqda. Lekin keling bu savolga yuqoridagi kabi ish o‘rinlari soniga bog‘lab javob berishga harakat qilamiz.
LinkedIn Jobs da baʼzi bir kalit so‘zlar orqali ishlar qidirib ko‘ramiz.
«Flutter» deb so‘rov yuborsak 4300ta bo‘sh ish o‘rinlari bor ekanligini ko‘ramiz.

«Android» deb qidirilganda esa 101000 tadan oshiqroq faol eʼlonlar bor ekanligini ko‘ramiz.

Cross-platform dasturlash atrofida juda ham ko‘p gap-so‘zlar va shov-shuvlar bo‘lmoqda. Lekin real sonlarga qaraydigan bo‘lsak 23 barobar farq bor. Balki kun kelib cross-platform «native» dan o‘tib ketar, lekin 23 barobarlik farqi yo’qotish uchun ancha yillar kerak bo’ladi IMHO.
Xulosa
Statistika va o’tkazgan kichik izlanishimiz shuni ko’rsatmoqdaki, Androidning bozori katta va ish beruvchilar orasida talab yuqori bo’lgan yo’nalish ekan. Albatta hamma o’ziga yoqqan yo’nalishni tanlashi va o’sha yo’nalishda yetuk mutaxassis bo’lishi kerak. Shundagina u dasturchi “ko’chada qolmaydi”.