Android Dasturlashda men qilgan 5ta xato

Azamat Majidov
3 min readOct 15, 2021

--

Ushbu maqolada boshlang’ich Android dasturchilar tomonidan yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 5ta xato haqida gaplashamiz. P.s: xatolarning barchasi shaxsiy tajribamda yo’l qo’yilgan va siz ham qaytarishingiz kerak bo’lmagan xatolar hisoblanadi

Hammaga o’xshab men ham boshlang’ich dasturchi bo’lganman va android dasturlar yaratishda juda ko’p xatolarga yo’l qo’yganman. Albatta bu bir tomondan yaxshi, xatolardan o’rganamiz. Lekin xatolardan o’rganish uchun albatta u xatolarni o’zingiz qilib ko’rishingiz shart emas. Boshqalar qilgan xatolardan ham o’rgansa bo’ladi. Keling shu xatolarni ko’rib chiqamiz va o’rganamiz.

P.s: Bularning barchasi xatolar va ularni takrorlash android dasturlar uchun xavfli )))

1. Toza kod yozmaslik.

Android dasturlashga ilk qadamlarni qo’yganda toza kod yozishga harakat qilish uyoqda tursin, uni nima ekanligini ham bilmas edim. Asosiysi bir nima qilib kodimni ishlatib olsam bo’ldi edi. Lekin vaqt o’tishi bilan bir qancha noqulayliklarni sezishni boshladim. Kodga o’zgartirish kiritishning deyarli ilojisi yo’q edi. Bir bugni tuzatsa ikkinchisi paydo bo’lardi:

Albatta toza kod yozishning asosiy qoidasi bu:

  1. Qayta ishlatsa bo’ladigan kod yozish
  2. O’qishga va o’zgartirishga oson kod yozish

Agar o’zingiz yozgan dasturga 2–3 oydan keyin bu dasturni qaysi “qo’ling singur” yozgan ekan deb qarashni hohlamasangiz hozirdanoq toza kod yozishni boshlang.

2. Arxitekturasiz dastur tuzish.

Bob amakini taniydiganlar bo’lsa biladiki toza kod yozish va arxitektura bir-biriga bog’liq narsalar. Men toza kod yozmaganimdan bilishingiz mumkinki Uncle Bob men uchun g’irt begona odam edi. 😶

Albatta MVP, MVVM yoki MVI kabi arxitekturalardan birini ishlatib kod yozishingiz dasturingizda qayta ishlatsa bo’ladigan va o’z-o’zini takrorlamaydigan kodni taminlaydi. Ha, kichik dasturlar tuzganingizda bu shunchaki ishni ko’paytirishdek tuyuladi. Lekin dastur hajmi kattalashgani sari bu qanchalik muhum ekanligini tushuna boshlaysiz.

3. Firebaseni keragidan ortiq ishlatish.

Android dasturlashni o’rganayotganlarning eng yaqin do’stlari bo’lishga ulgurgan Firebase aslida juda qulay va foydali texnologiya. Lekin unga juda ko’p etibor qaratish va keragidan ortiq ishlatish(Firestore va Realtime Databaseni) yaxshilikka olib kelmaydi. Chunki biror ishga kirib, haqiqiy dasturlar chiqarishni boshlaganingizda ma’lumotlarni Firebasedan emas, Api orqali biror serverdan olasiz.

P.s: Firebaseni umuman o’rganish kerak emas degan fikrdan yiroqman. Juda muhum va deyarli barcha dasturlarda ishlatiladigan qisimlari ham bor va ularni albatta bemalol ishlata oladigan bo’lishingiz kerak.

4. O’zingiz chizgan UI ni mukammal deb bilish.

Bir ibora bor: You should not fall in love with your Design. Yasagan dizayningizni yaxshi ko’rib qolishingiz mumkin emas. Bu nafaqat dizayn balki yozgan kodingiz haqida ham. Qachonki siz uni muakammal deb bilishni boshlagan kuningizdan boshlab yangi narsalar o’rganishdan to’xtaysiz.

5. Bitta texnologiyani o’rganish bilan cheklanish.

Dasturchi bo’lishning qolgan kasblardan qiyin taraflaridan biri, soha juda tex rivojlanadi va siz hardoim yangi texnologiyalarni o’rganib ularni kuzatob borishingiz kerak bo’ladi. Android dasturchi sifatida faqat androidni o’zini bilishning o’zi ba’zida kifoya bo’lmaydi. Hozirgi kunda trendga chiqayotgan va Androidga raqobatchi sifatida turgan Flutter yoki React Native kabi cross-platform texnologiyalarni ham o’rganib qo’yishingiz kerak bo’ladi deb hisoblayman.

Xulosa

Yana bir marotaba aytaman ushbu maqolada faqatgina shaxsiy fikrlar yozildi va uni eng to’g’ri yo’l deb aytishdan yiroqman. Asosiysi yangilik qilishdan qo’rqmang. Xato qilish qo’rqinchli emas, xatodan o’rganmaslik qo’rqinchli.

Sign up to discover human stories that deepen your understanding of the world.

Free

Distraction-free reading. No ads.

Organize your knowledge with lists and highlights.

Tell your story. Find your audience.

Membership

Read member-only stories

Support writers you read most

Earn money for your writing

Listen to audio narrations

Read offline with the Medium app

--

--

Responses (1)

Write a response