Dasturlashni o’rganish uchun 10 ta bepul resurs
Dasturlash olamiga yangi kirib kelayotgan inson sifatida sizga dasturlashni bepul resurslardan o‘rganish juda foydali bo‘ladi. Yaʼniy bepul kurslar orqali siz maʼlum bir texnologiya yoki dasturlash tili sizga yoqish yoki yoqmasligini bilib olasiz. Dasturlash sizniki ekanligi va qaysi dasturlash tili sizga maʼqul ekanligiga ishonch hosil qilgach, shu sohani chuqurroq o‘rganishingiz mumkin bo‘ladi.
Lekin, internetda bepul kitoblar kurslar va web saytlar shunchalik ko’pki, qaysi biridan boshlashga bosh qotib qoladi. Hosh qaysi biri eng zo’ri? Qay biridan boshlagan ma’qul.
Sizning vaqtingiz va asablaringizni asrash maqsadida men shu masala bo’yicha izlanish olib bordim va 20 ta ajoyib resurslarni bir joyga yig’dim.
1. Codecademy
Codecademy ko’pgina yangi dasturchilarning birinchi kodlarini yozgan joylari hisoblanadi. Bu platformada siz kod yozishni o’rganish bilan bir qatorda boshqa texnik ko’nikmalarni ham olishingiz mumkin bo’ladi. Codecademy interfaol usullardan foydalangan holda dasturlashni o’rgatadi. Ozgina yangi mavzu o’rgatiladi va web brauzerdan chiqmagan holda amaliyot qilib ko’rasiz. Bu esa natijani ko’rish uchun juda qulay.
Taklif qilinadigan bepul kurslar: HTML va CSS, JavaScript, PHP, Python, Ruby va boshqalar.
2. FreeCodeCamp
Bu onlayn maktab Quincy Larson tomonidan yaratilgan bo’lib, avval reja bo’yicha(taxminan 800 soatga mo’ljallangan) dars beriladi, keyin esa notijorat dasturlash bilan ishlash orqali tajriba orttirish imkonini beradi. Bu resurs dasturlashni onlayn o’rganish bilan bir qatorda real tajriba olishni xohlaganlar uchun juda mos keladi.
3. Coursera
Coursera dasturlashni professionallardan o’rganish uchun juda ajoyib platforma hisoblanadi. Ushbu saytda siz universitet professorlari tomonidan o’tilgan ko’plab kurslarni topishingiz mumkin. Barcha kurslarda o’qish bepul. Faqatgina kurs oxirida kursni tugatganlik haqidagi sertifikatni (“Coursera Verified Certificate”)ni olish uchun 30–100$ atrofida pul to’lash kerak bo’ladi.
4. eDX
eDX bu MIT va Harvard tomonidan boshqariladigan ochiq platforma bo’lib, dasturlashni o’rganishni yangi kalibrdagi resurs hisoblanadi. Platformada “kompyuter injiniring” haqida jahonning turli xil universitetlari tomonidan yaratilgan 600 dan oshiq bepul kurslarni topishingiz mumkin.
5. Codewars
Codewars dasturlashni o’rganishning qiziqarli va noyob yo’lini taklif qiladi. Ushbu saytda dasturlashni musobaqalar orqali o’rganishingiz mumkin bo’ladi. Har bir musobaqalarni tugatganingiz sari siz obro’ yigib borasiz va reytingingiz oshib boradi.
6. MIT OpenCourseware
MITga kirish uchun raqobat juda katta bo’lishi mumkin, lekin ularning onlayn kurslariga kirish uchun to‘lov yoki SAT talab etilmaydi. MIT da o’qitiladigan har bir kursning onlayn versiyasi mavjud bo’lib, ularda oqish uchun hattoki ro‘yxatdan o’tish ham talab etilmaydi. Ha, siz dasturlashni MITda o’rganishingiz mumkin.
7. Khan Academy
Xan akademiyasida turli xildagi fanlardan bepul darslarni topishingiz mumkin. Saytda aytilishicha ushbu resurs orqali siz istalgan fandan ta’lim olishingiz mumkin. Albatta bu kurslar orasida dasturlash bo’yicha ham onlayn darslar topishingiz mumkin. Aytganchi, Xan akademiyasining o’zbek tilidagi resurslari ham mavjud.
8. W3Schools
Dasturlashga yangi kirib kelayotganlar uchun juda mos bo’lgan W3Schools sayti, web dasturlashni o’rganish bo’yicha dunyodagi eng yirik veb sayt hisoblanadi. Ushbu resurs orqali siz dasturlashning eng kichik jihatlarigacha o’rganishingiz mumkin bo’ladi. Qo’shimcha sifatida har bir mavzu yakunida kichik testlarni bajarish orqali mavzuni mustahkamlab olishingiz mumkin bo’ladi.
9. LearnCode.academy
Ushbu YouTube kanalda siz veb dasturlash haqidagi Will Stern tomonidan tayyorlangan darslarni topishingiz mumkin. Kanalda JavaScript va boshqa dasturlash tillari haqidagi video darslardan tashqari, dasturchilar ishlatadigan ko’plab dasturlar haqida ham ma’lumotlar berib boriladi.
10. Programming with Mosh
Ushbu YouTube kanalda Code With Mosh sayti yaratuvchilari tomonidan tayyorlangan bepul video darsliklarni topishingiz mumkin. Bu resurs darslarni juda sodda va yangi boshlovchilar uchun tushunarli tilda olib borishi bilan qolganlardan ajralib turadi.
Xulosa.
Ko’rib turibsizki, dasturlashni o’rganish uchun bepul resurslar juda ko’p. Aslida qaysi resursdan bo’lsa ham dasturlashni o’rganish sizga hech qachon zararga ishlamaydi. Yodingizda bo’lsin siz bu postni o’qiyotgan vaqtingizda qaysidir bir tengdoshingiz shu saytlardan birida ro‘yxatdan o’tdi va sizdan oldinlab ketti. Shoshiling!!!