Dasturlashni o’rganishdagi 8 ta xato

Oxirgi paytlarda dasturlash atrofida anchagina shovqin ko‘tarildi va yoshlarning katta qismi ushbu kasbni o‘rganishga qiziqish bildirishmoqda. Har kuni yuzlab yoshlar dasturlashni o‘rganishga qaror qiladi, lekin ularning juda kam qismi bu kasbning ustasiga aylanishni uddasidan chiqishmoqda. Ushbu maqolada dasturlashni o‘rganishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan asosiy 8 ta xatoni ko‘rsatishga harakat qilaman.

1. Amaliyotdan ko’ra o’qishga ko’proq e’tibor qaratish

Ko‘pgina dasturlashni endigina o‘rganishni boshlagan yoshlarimiz dasturlashni xuddi biologiya kabi o‘rganishadi. Ular har bir kichik detallarini o‘rganishga va kalit so‘zlarni yodlab qolishga harakat qilishadi. Lekin dasturlashni bunday o‘rganish juda qiyin. Buning o‘rniga siz yodlab olishni emas tushunib olishni o‘rganishingiz kerak bo‘ladi.

2. Faqatgina berilgan misollar bilan cheklanish

Albatta har bir kursda mavzuga oid misollar to‘plami bo‘ladi. Misol uchun agar siz shartli qatorlar haqida o‘rganayotgan bo‘lsangiz, o‘qituvchingiz sizga mavzuni tushuntirish uchun bir qancha misollar va uy ishi beradi xolos. Baʼzi o‘rganuvchilar esa shu misollarning o‘zi bilan cheklanishadi va agar shu misollarni ishlay olsak va imtihondan o‘tib olsak bo‘ldi deb hisoblashadi. Va ko‘pgina holatlarda shunday ham bo‘ladi. Lekin ular kursni tugatib real hayotga tushganlarida aslida hech nimani bilmasliklarini tushunib yetadilar.

3. To’g’ri yo’nalishni tanlash haqida keragidan ko’p o’ylash

Ko‘pchilik shu nuqtada xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Odatda hamma eng yaxshi tilni o‘rganishga harakat qiladi va qaysi tilni tanlasam katta natijalarga erishaman degan savolga javob topish uchun juda ko‘p vaqt ketkazadilar. Misol uchun, javani o‘rganishni boshlashadi va qayerdandir C# bu eng yaxshi til degan gapni eshitib qolishadi. Shu zahoti o‘rganishni to‘xtatib, C# nega zo‘r ekanligini aniqlab uni o‘rganishni boshlashadi. Va eng qiziq joyiga kelganda eng zo‘r til bu python degan gapni eshitib qoladi va shu joyda C# ham tashlab ketiladi.

4. Qanday yordam so’rashni bilmaslik

Albatta har qanday yangi narsani o’rganayotganda mentoringiz bo’lishi bu juda yaxshi. Lekin savollarni qachon va qanday berishni ham bilish kerak. Asosiysi mentoringizdan qanday javob kutish mumkinligini aniq bilish.

Siz kutgan va kerakli javobni olish uchun quyidagilarga e’tibor qaratish kerak:

  1. Harqanday savolni birinchi Googlega berib ko’ring.

5. Dasturlash faqat kod yozishdan iborat deb o’ylash

Ko’p yosh dasturchilar dasturning kodini yozishga shoshiladilar va ko’p holatlarda shoshqaloqlik qilib o’z kodlari ichida adashib qolishadi va tushkunlikka tushib qolishadi. Aslida esa dasturlash bu faqat kod yozish degani emas. Dasturlash bu — muammoni aniqlash, tadqiqotlar o’tkazish, yechimlarni topish va keyinchalik ularni sinab ko’rishdan iborat bo’lgan jarayon.

6. Hamma narsani to’liq tushunishga harakat qilish

Maktabda oqigan paytlarimiz biror bir mavzuni to‘laligicha tushunib olmasak keyingi mavzularni ham tushunmay qolamiz deb o‘rganib qolganmiz. Lekin dasturlashni o‘rganishda hamma narsani ham 100% o‘rganishning iloji bo‘lmay qolishi mumkin. Asosiysi umumiy tushunchalarni yaxshilab tushunib olish. Baʼzan, bu mavzuni 100% tushunmaganingizni to‘g‘ri qabul qilishingiz kerak bo‘ladi.

7. Ma’lum darajaga yetgandan so’ng o’rganishni to’xtatib qo’yish

Dasturlash, har kuni yangi narsalar chiqib, kundan kunga rivojlanib borayotgan soha. Shunday ekan uni to’liqligicha o’rganishning ilojisi yo’q. Hech qachon biror bir kursni tamomlab, endi shu o’rganilgan narsalar bilan bir necha yillar davomida ishlab yurib bo’lmaydi. Buning iloji yo’q. Bu soha sizdan har kuni yangi narsalar o’rganishni va uni hayotga tatbiq qilishni talab qiladi. O’rganishdan to’xtasangiz, bir kun tongda uyg’onasiz va endi dasturchi emasligingizni tushunasiz.

8. Ozgina narsa o’rganib o’zini “pro”lardek tutish

Baʼzi o‘quvchilar qo‘llaridan ish kelishni boshlashi bilan o‘zlarini katta dasturchilardek tutishni boshlashadi. Aslida esa ular faqat shu vaqtgacha dars davomida ko‘rgan misollarini ishlay olishadi. Boshqacharoq misollar berilganda esa hali hech nimani bilmasliklarini tushunishadi. Shunday ekan har doim samimiy bo‘ling va o‘rganishdan to‘xtamang.

Xulosa

Albatta bular o‘rganuvchilar yo‘l qo‘yadigan xatolarning hammasi emas. O‘z tajribam va o‘quvchilarim qiladigan xatolardan ko‘rganim va asosiylari deb hisoblaganlarim bilan o‘rtoqlashdim. Bu xatolarni qilmaslikga va Asosiysi hech qachon taslim bo‘lmaslikka harakat qiling.

Meni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Telegram YouTube Instagram

Get the Medium app

A button that says 'Download on the App Store', and if clicked it will lead you to the iOS App store
A button that says 'Get it on, Google Play', and if clicked it will lead you to the Google Play store